Jahon banki navbatdagi hisobotida O‘zbekistonni mamlakatda iqtisodiyot o‘sishi, ish o‘rinlari yaratish va jahon savdosiga integratsiyalashish uchun xizmatlar sohasini isloh qilishga chaqirdi va qator tavsiyalar berdi.
Prezident xizmat ko‘rsatish joylarini sotib olish uchun alohida kredit turi yo‘lga qo‘yilishini aytdi. U mutasaddilarga “xizmat ipotekasi"ni joriy qilib, kredit ajratishni boshlashni topshirdi.
Senat Buxoro, Jizzax, Namangan va Farg‘onada aholi bandligini ta’minlashga doir ishlarni tanqid qildi. Xususan, Buxoroda yaratilgan yangi ish o‘rinlari bir vaqtda boshqa sohada ham qayd etilib, hisobotda raqamlar orttirib ko‘rsatilgan. O‘tgan yilgi investloyiha ma’lumotlari esa joriy yilda qayta kiritilgan.
Prezident tomonidan “Pochta aloqasi to‘g‘risida"gi qonun imzolandi. Ushbu hujjat bilan qonunchilikka “posilka”, “pochta kuryeri” kabi tushunchalar kiritildi.
Buxoroda mehmonxona, oshxona, savdo do‘konlarining tom qismida, shuningdek, markaziy ko‘chalardagi davlat organlari binolarining birinchi qavatlarida restoran va kafeteriylar tashkil etilmoqda. Prezident mazkur tajribani butun respublika, jumladan, Toshkentda ham tatbiq etishni topshirdi.
Toshkent jamoat transportidan foydalanish darajasi bor-yo‘g‘i — 21 foizni tashkil qiladi, tizimda qariyb 400 ta avtobus yetishmaydi. Yo‘llar piyoda va velosipedda yurish uchun qulay emas, buning oqibatida YTHlar ko‘p sodir bo‘lmoqda, deya ta’kidlandi prezident ishtirokidagi taqdimotda. Shavkat Mirziyoyev yangi avtobus hamda elektrobuslar xarid qilish va umuman, jamoat transportidan foydalanish darajasini hozirgidan 2 barobar oshirish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.
Toshkentda xizmat ko‘rsatish sohasida 415 mingdan ortiq ish o‘rinlarini tashkil etish rejalashtirilmoqda. Bu yangi tadbirkorlik subyektlari va tunu kun ishlaydigan savdo-ko‘ngilochar ko‘chalar tashkil etish, o‘zini o‘zi band qilish, birinchi qavat va yerto‘lalarni ijaraga berish orqali amalga oshiriladi.
Prezident videoselektorda xizmat ko‘rsatish hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 18,3 foizga oshganini ma’lum qildi. «Eng kamida 35−40 foiz bo‘ladi deb o‘ylagandim», — dedi u. Navoiy, Toshkent, Jizzax, Qashqadaryo, Namangan va Qoraqalpog‘istonda soha rivoji o‘rtacha ko‘rsatkichlaridan past darajada ekanligi tanqid qilindi.
Toshkentda o‘tkaziladigan tajriba doirasida bo‘sh turgan binolarning egalariga penya joriy etish rejalashtirilmoqda. Gap olti oy mobaynida mol-mulkdan foydalanilmagan yoki ijaraga berilmagan taqdirda penya hisoblash haqida ketmoqda. Poytaxt hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev tadbirkorlar kredit olganidan ko‘ra, ijaraga bino olib, o‘z faoliyatlarini boshlagani ma’qul deb hisoblaydi.
Shavkat Mirziyoyev hududlar markazlarida savdo va xizmatlar uchun maxsus ko‘chalar tashkil etilishini ma’lum qildi. Mustaqillik bayramiga qadar viloyat va shahar markazlarida 3−4 ta, Toshkentda 10 ta ko‘chalar shunday markazlarga aylantiriladi. Ularning 24 soat ishlashiga ruxsat beriladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting